28.03.2017 30775

Fransuz tili haftaligi doirasida 2017- yil 28-mart kuni, JIDU hududida “Frankofoniya suratlarda” foto ko`rgasmasi tashkillashtirildi.

Yevropaning Fransuz tilida so`zlovchi davlatlari: Fransiya, Lyuksemburg, Belgiya va Shveytsariya, shuningdek okean orti – Kanadaning, Kvebek hududlarini tasvirlovchi foto lavhalar namoyish etildi.

Ushbu tadbirni o`tkazishdan maqsad universitet talabalari va o`qituvchilari fransuz tili nafaqat Fransiyaning balki boshqa bir qator davlatlarning ma`muriy va rasmiy tili ekanligi haqida ma`lumot berish edi.

Suratlar o`zlarida ushbu davlatlarning shaharlari, etiborga sazovor joylari, taomlari va urf-odatlarini o`z ichiga oladi.

Ushbu ko`rgazmani JIDU ning «Roman-german tillar kafedrasining», fransuz tili sho`basi tashkillashtirdi.