“O’zbekiston – Fransiya: hamkorlikning yangi istiqbollarini izlash” mavzusida fransuz tilida I talabalar konferensiyasi
27.03.2017 30473
2017-yil 27-mart kuni Universitet kutubxonasida “JIDUda Frankofoniya kunlari” tadbirlari doirasida “O’zbekiston – Fransiya hamkorlikning yangi istiqbollarini izlash” mavzusida fransuz tilida I talabalar konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi Universitetimiz talabalarining fransuz tilidan bilim darajasini yuksaltirish, ularning omma oldida chiqish qobiliyatini yanada oshirish, nutq mantiqiyligini rivojlantirish, tanqidiy-g’oyaviy fikr yuritishga va ma’lumotlarni to’g’ri tahlil qilishga o’rgatishdan iboratdir.
Taklif qilingan mehmonlar orasida “Toshkentdagi Fransuz Allianci”ning prezidenti Sh.Sh. Minоvarov, shuningdek, “Roman-german tillari” kafedrasi “Fransuz tili” bo’limining barcha a’zolari va fransuz tilini asosiy va ikkinchi chet tili sifatida o’rganayotgan talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiyani Sh.Sh. Minоvarov ochib berdi. Janob Sh.Sh. Minоvarov barcha tashrif buyurganlarni “JIDUda Frankofoniya haftaligi”ni ochilishi bilan tabrikladi va barcha rejalashtirilgan tadbirlar yuksak saviyada o’tishiga tilak bildirdi.
Ushbu konferensiyada 10 nafar ma’ruzachilar ishtirok etdilar. Ma’ruzalarning barchasi yuksak saviyada o’tdi. Talabalar mehmonlarning bergan hamma savollariga javob bergan holda o’zlarining notiqlik san’atidagi va auditoriyani jalb qila olish borasidagi qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Hattoki kofe-tanaffus vaqtida ham mehmonlar va talabalar chiqish mavzularini muhokama qildilar.
Ushbu tadbirlar doirasidagi bayram konsertida konferensiya davomida faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.