23.03.2017 30449

22 mart 2017 yil JIDU “Start-Up” Yosh tadbirkorlar klubi Savdo-sanoat palatasi vakili Usmon Rahimjonov bilan uchrashuv o’tkazdi. Usmon Rahimjonov talabalarga Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkillashtirilayotgan “Start-up Tashabbuslar” konkursining 3-fazasi boshlanganligi, unda ishtiroq etish qoidalari, biznes g‘oyalarni tanlab olish talablari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Bundan tashqari uchrashuv davomida SSP vakili O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli bo‘lgan startaplar haqida qisqacha gapirib o‘tdi. Uchrashuv mazmunga boy va qatnashchilar uchun juda ham qiziqarli tarzda o‘tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga Usmon Rahimjonov tomonidan aniq javoblar oldilar. Uchrashuv so‘ngida Usmon Rahimjonov “Start Up” klubi hamda SSP o’rtasidagi mustahkam hamkorlik o‘rnatilganligi to‘g‘risida takidlab o‘tdi.