09.03.2017 29404

2017 yil 6 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayollar intellektual durlar dunyosining yaratuvchilaridir” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramda respublikada xizmat ko‘rsatgan fahriy ayollar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Bayram dasturini tabrik so‘zi bilan universitet rektori Abdumalik Abduvaxodovich Djumanov ochib berdi. Universitetda ko‘p yillar davomida mehnat qilib kelayotgan ayollar fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Dasturdan turli davlatlarning madaniyati va san’atini aks etuvchi nomerlar o‘rin oldi. Talabalarning milliy raqs va she’riy kompozitsiyalari tadbirni mazmunan yanada boyitdi.