11.12.2015 38934

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2015 yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini o’rganish, ma’ruzada ko’rsatib o’tilgan dolzarb masalalarning tub mohiyatini professor-o’qituvchilar va talabalar ongiga chuqur singdirish maqsadida “Konstitutsiya tamoyillari va qoidalarini amalga oshirish – jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish va demokratlashtirish jarayonida muhim vazifadir” mavzusida universitet kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur davra suhbatida universitet professor-o‘qituvchilari, jumladan, yuridik fanlari doktori I.Xamedov, tarix fanlari doktori R.Farmonov va iqtisod fanlari nomzodi G.Toniyanslar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Davra suhbati so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Tadbirda ilgari surilgan masalalar ishtirokchilarida katta ta’surot qoldirdi.