Huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyati
03.03.2017 30886
24 fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bunda“Davlat qurilishi va huquq” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi. Jumladan, “Yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish – huquqiy davlat qurishning zarur shartlaridan biri”, “Jamiyatda yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishning dolzarb masalalari” mavzularida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati mobaynida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Yoritilgan mavzudagi davra suhbati talabalarda katta taassurot qoldirdi.