03.03.2017 32198

Universitetimizda “JIDUda Germaniya kunlari” ga bag`ishlangan tadbirlar dasturiga asosan 2-mart kuni soat 12.00 da “Germaniya milliy taomlari va shirinliklari xayriya ko`rgazmasi” tashkil etildi. Ma’lumki Germaniya jahonda o`zining pazandalik sohasidagi xususiyatlari bilan mashxurdir. Nemis non mahsulotlari o`ziga xos va ajoyib ta’mga ega. Hozirgi kunda mamlakatda faqat non mahsulotlarining 300 dan ortiq turlari mavjud. Ushbu mamlakatda shirin taomlar va pishiriqlar mehr bilan tayyorlanadi. Universitetimiz o`qituvchi va talabalari ham nemis pishiriqlarining bazibir turlarini tayyorlashga urinib ko`rishdi. Mehmonlarimizda esa Germaniyaning ajoyib pazandalik san’ati bilan tanishish va albatta ularning ta’miga baho berish imkoniyati bo`ldi.