Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosiga bag‘ishlangan “Donolar bisotidan” nomli suhbat
25.02.2017 34061
24 fevral kuni “Navoiyxonlik” oyligi doirasida Axborot-resurs markazida talabalar o‘rtasida “Donolar bisotidan” deb nomlangan suhbat o’tkazildi. Suhbatda Navoiyning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi. O‘zbek adabiyotining oltin fondidan o‘rin olgan “Xamsa” asariga e’tibor qaratildi. Asardan parchalar o‘qib eshittirildi. Navoiyning dono hikmatlari, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga qaratib aytilgan nasihatlari esga olindi. Shoirning yaxshi va yomon, ezgulik va g‘arazlik, nodonlik va aql-idrok, befarqlik va odamiylik kabi axloqiy tushunchalarga bo‘lgan munosabati to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi. Universitetda talaba-yoshlarning yurish-turishi, odob-axloqi, kiyinish va muomala madaniyati yuzasida kerakli bo‘lgan dono maslahatlar berildi.