“Xalqaro munosabatlarda transmilliy korporatsiyalar ahamiyati: nazariy yondashuv, tarix va hozirgi zamon” mavzusidagi ilmiy ma’ruza
23.02.2017 30227
2017 yil 21 fevral kuni JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi qoshidagi Mojarolarni o‘rganish laboratoriyasi tomonidan ilmiy seminarlar turkumi doirasida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi. Ilmiy seminarning asosiy ma’ruzachisi sifatida XM kafedrasi katta o‘qituvchisi, s.f.n. Muminova N.Ya. “Xalqaro munosabatlarda transmilliy korporatsiyalar ahamiyati: nazariy yondashuv, tarix va hozirgi zamon” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi. Tadbirda XM kafedrasi mudiri dotsent, s.f.n. Xasanov U.A., professor, s.f.d. Tulyaganova N.U., dotsent, s.f.n. Muminova G.M., katta o‘qituvchi, s.f.n. Zaripova Z.A., hamda XM fakultetining JIDU talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruzada TMKlar faoliyatining siyosiy konteksti ahamiyatliligiga qaratilgan mavzu dolzarbligi, mazkur mavzuga oid xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari va tadqiqotlari, tarixiy nuqtayi nazardan Buyuk Britaniya Ost-Indiya Kompaniyasi faoliyati zamonaviy TMKlar prototipi sifatida, TMKlarning geosiyosiy strategiyalari hamda mamlakatlarning tashqi siyosatida ularning ahamiyati kabi masalalar ko‘rib chiqildi.