15.06.2023 1402

Yaqin kunlarda har bir oliy ta’lim muassasasi uchun qabul jarayoni boshlanadi. Boʻlajak talabalar oldida katta tanlov turibdi. Shu sabab joriy yilning 15-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Tadbirga maktablar va akademik litsey oʻquvchilari bilan birgalikda farzandi kelajagiga befarq boʻlmagan ota-onalar ham tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida ularga universitet faoliyati, tuzilmasi, shart-sharoitlar, oʻquv rejasi, erishilgan  yutuqlar va kelgusidagi aniq maqsadlar haqida ma’lumot berildi. Boʻlajak talabalar universitet haqida aniq tasavvur va tushunchaga ega boʻldilar.

Tadbirni JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Yusufjonov ochib berdi. U o‘z nutqi davomida: “Universitetimiz mamlakatimizning yetakchi oʻrinlarini egallab keladi. JIDU mamlakatimizda xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiyot va menejment boʻyicha milliy kadrlar hamda boʻlajak diplomatlarni yagona va tayyorlaydigan eng yirik oliy muassasi hisoblanadi”, - deya ta’kidladi.

“Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurgan mehmonlar tadbir soʻnggida har bir fakultet dekanlari va ishchi guruh bilan tanishtirildi. Ular yordamida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir koʻtarinki ruhda yakunlandi.