20.02.2017 29354

2017 yil 17 fevral kuni Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunni hayotga tadbiq qilish, diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlarining oldini olish, narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida, talaba-yoshlarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand moddalar iste’mol qilinishining oldini olish maqsadida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi xodimlari A.Erkabayev, J.Ubaydullayev, Toshkent shahar IIBB JQ va TQKB bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari M.Yakubov, Toshkent shahar IIBB YHXB SB boshlig‘i o‘rinbosari E.Mirboboyev, Toshkent sh. Narkologiya dispanseri shifokori F.Iskandarova va Universitet professor-o‘qituvchilari hamda barcha fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdi.