08.06.2023 747

Joriy yilning 6-8-iyun kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Turk dunyosi universitetlari ittifoqining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalarining vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari sifatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odil Yusufjonov hamda tayanch doktorantlar Jahongir Saidov va Javlon Abdurasulovlar qatnashdi.

Tadbir davomida “Yo‘l xaritasi”ni tuzish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda akademik hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba va bilimlarni almashish hamda qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.