06.06.2023 522

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Executive Education (Boshqaruv fakulteti)da AXELCIUM (Fransiya) konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 6-8-iyun kunlari “Davlat-xususiy sheriklik” ta’lim dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Dastur mamlakat rahbariyati tomonidan Oʻzbekistonning energetika, infratuzilma va boshqa tarmoqlariga xususiy sarmoyalarni jalb etish boʻyicha belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Bunday sharoitda davlat-xususiy sheriklikning o‘rni va bu boradagi jahon tajribasini o‘rganish zarurati tobora ortib bormoqda.

Taʼlim dasturi Oʻzbekiston vazirliklari, idoralari va viloyatlarining DXSH sohasida loyihalarni joriy etish va amalga oshirish jarayonida ishtirok etayotgan rahbar va mutaxassislari uchun moʻljallangan.

Trening davlat-xususiy sheriklik tamoyillari va muvaffaqiyatli DXSH loyihalarini amalga oshirish shartlari bilan xalqaro amaliyotdan amaliy tanishtirishga qaratilgan.

Mashg‘ulotlar DXSH sohasiga ixtisoslashgan va dunyoning 35 davlatida 130 dan ortiq shunday loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan Fransiyaning AXELCIUM konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Ayni paytda kompaniya O‘zbekistonda ham yirik DXSH loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etmoqda.

Dastur yakunlangach, ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshiriladi.