17.02.2017 29227

Universitetning Axborot-resurs markazida buyuk shoir, tarixchi, sarkarda Zahiriddin Muxammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur tavallud topganining 534 yilligiga bag‘ishlangan “Biz bilgan va bilmagan Bobur” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.

Boburning she’riy merosi ko‘pqirrali va boydir. Uning she’rlarida davrning tarixiy voqealari, shaxsiy hayoti, uni o‘rab turgan atrof-muhit, odamlarga, dinga, urf-odatlarga bo‘lgan munosabatlar xaqqoniy yoritilgan. Shoirning lirikasi A.Navoiy she’riyati bilan yo‘g‘irilgan. Navoiyning o‘limidan oldin Bobir va u o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yozishmalari bizgacha yetib kelgan.

O‘zining g‘azallari va ruboilarida shoir insonlararo munosabatlar, sevgi-muhabbat, do‘slashish, go‘zalikka bo‘lgan intilish kabi muammolarni yoritib bergan. Yer yuzida huqum surayotgan sevgi hissini u yuksak insoniy fazilat deb kuylab o‘tgan.

Ko‘rgazmada Bobur davriga tegishli bo‘lgan kitoblar, ensiklopediyalar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar, miniatyuraviy lavhalar o‘rin olgan.