JIDU talabasi notiqlik san’ati tanlovi sovrindori bo‘ldi
06.05.2023 1201
Joriy yilning 3-may kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi ELchixonasi tomonidan 16-notiqlik tanlovi o‘tkazildi. Unda Navro‘z bayrami, nemis tili kasbiy malaka omili sifatida hamda fuqarolik jasorati kabi mavzularda ko‘plab nutqlar tinglandi va baholandi. Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan yosh talabalar o‘zaro bellashdilar. G‘oliblar nemis tili asosiy mutaxassislik sifatida va asosiy fan bo‘lmagan sohalar bo‘yicha aniqlandi.
Xususan, mazkur tanlovda Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabasi Laziza Mamajonova 2-o‘rinni egallab, Elchixona tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati Lazizani ushbu yutug‘i bilan tabriklab, keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qoladi.