26.04.2023 747

Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchilari xitoy tilini o‘rganayotgan talabalar bilan birgalikda joriy yilning 20-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy tili O‘zbekiston va Xitoy yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi” deb nomlangan xitoy tili va madaniyati festivalida ishtirok etishdi.

YUNESKO tomonidan 2010-yilda tashkil etilgan ushbu yillik bayram ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan. Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.

Festival doirasida xitoy tilidagi eng yaxshi qo‘shiq tanlovi bo‘lib o‘tdi, unda Xalqaro munosabatlar fakulteti 3-kurs talaba Alimova Madina uchinchi o‘rinni egalladi.