20.04.2023 799

Joriy yilning 19-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati bilan muzokara o‘tkazilib, anglashuv memorandumi imzolandi. 

Kelgusida JIDU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilarining Xalqaro Nordik universitetida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro biznes” va “Xalqaro huquq” ta’lim yoʻnalishlarida o‘qishini tashkil etish, o‘quvchilar uchun xalqaro va Yevropa ta’lim tizimi standartlari asosida qo‘shma o‘quv dasturlari tashkillashga kelishib olindi. 

Shuningdek, ma’ruza va masofaviy darslar o‘tkazish, “Foundation” maktabi bilan hamkorlikda tayyorlov kurslarining o‘quv rejalarini ishlab chiqish, xorijda yozgi va qishki maktab dasturlarini tashkil etish kabi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.