18.04.2023 750

Joriy yilning 17-aprel kuni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sharq tillari kafedrasi tomonidan O‘zbek-Yapon Markazi (OJM) ko‘magida an’anaviy yapon choyi marosimi namoyishi tashkil etildi.

Tadbirda yapon tilini o‘rganuvchi 2-3-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari Yaponiyadagi choy marosimining tarixi, ramzlari va tartibi bilan yaqindan tanishdi.

Choy marosimi san’ati namoyishidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari choy tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etib, yapon shirinliklari va choyidan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.