14.04.2023 1363

Joriy yilning 12-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Koreya Milliy universiteti (KNOU) prezidenti Ko Song Xvan boshchiligidagi rahbariyat hodimlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

S.Safoyev uchrashuv ishtirokchilariga JIDUni transformatsiya qilish, jumladan, oliy ta’limning zamonaviy talablariga javob beradigan onlayn ta’limga o‘tish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi. Shu munosabat bilan, u KNOU bilan bu boradagi katta tajribalarini inobatga olgan holda yangi o‘quv formati uchun mos kontent yaratishda hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.

Tomonlar, shuningdek, o‘z egalariga ishga joylashish va nufuzli lavozimlarga erishish imkoniyatini yaratuvchi “Ikki diplom” (Double Diploma) akademik dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni muhokama qildilar.