17.03.2023 1584

Joriy yilning 17-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida iqtidorli talabalarga universitet stipendiyasi guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Guvohnomalarni talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev topshirdi.

Rektor talabalarga guvohnomalarni topshirar ekan, ularga kelgusi ilmiy faoliyatlarida hamda o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lumot uchun, universitet stipendiyasining kvotasi barcha fakultetlar taʼlim yoʻnalishlarining har bir bosqichi uchun bittadan ajratiladi.