17.03.2023 1112

Joriy yilning 17-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida totuvlik, do‘stlik va hamjihatlikka da’vat etuvchi umuminsoniy qadriyatlar aks etgan “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekiston!” deb nomlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.

Elimizning quvonchli bayrami – Navro‘z ayyomiga universitet jamoasi tomonidan katta  tayyorgarlik koʻrildi. Sahna maydoni turli koʻrgazmalar va boshqa qiziqarli sahna bezaklari bilan  bayramona ruhda bezatildi. Universitetda aziz mehmonlar, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, bu yilgi bayram tantanalari universitetimizda oʻzgacha sayl sifatida tashkil etilayotgani barchamizni quvontiradi. Zero, osh dasturxoni atrofida barcha birgalikda, bir jon, bir tan boʻlib harakatlanayotgani fikrimizning dalilidir, - deydi davra boshlovchilaridan biri.

JIDU talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va chiqishlar yig‘ilganlarga o‘zgacha bayramona ruh baxsh etdi.