16.03.2023 941

Joriy yilning 15-mart kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchiligidagi delegatsiya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.

MDH delegatsiyasini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Durbek Amanov boshchiligidagi universitet jamoasi kutib oldi.

Leonid Anfimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun “MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik: tarixi, holati va istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi.

O‘z so‘zi yakunida Leonid Anfimov talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.