04.03.2023 1066

Oʻzbekiston prezidenti maslahatchisi  va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) sobiq prezidenti

Suma Chakrabartini talabalarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti (JIDU) rektori Sodiq Safoyev tanishtirdi.

Janob Chakrabarti oʻz maʼruzasini 2060-yilgacha oraligʻidagi 10 ta megatrendlarga bagʻishladi. Xususan, demografiya, urbanizatsiya,  oʻrta qatlamning koʻpayishi, tengsizlik, iqlim oʻzgarishi, oʻsib borayotgan migratsiya, axborot texnologiya,  global hamkorlikdagi ishonchsizlik va jahon iqtisodiyotidagi oʻzgarishlar ehtimoli koʻrib chiqildi.

Uchrashuv soʻngida  Chakrabarti  janoblari mavzu boʻyicha berilgan savollarga javob berdi.

Maʼruzada nafaqat JIDUning talabalari va magistrlari, balki Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti talabalari ham ishtirok etishdi.

Janob Suma Chakrabarti Britaniyaning sobiq davlat xizmatchisi, ikki marta YeTTB prezidenti lavozimida ishlagan.

Suma Chakrabarti 2020-yili  Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan.