25.02.2023 875

Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilinganining to‘rt yilligi munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi qonuni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Rashidov Komil Qayumovich hamda JIDU professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi xalqaro shartnomalar bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar o‘rtasidagi tafovut va yechimlar bo‘ldi. Davra suhbati yakunida “Xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda qiyosiy huquqiy tahlil, tajriba va monitoring amaliyoti”, “Xalqaro shartnomalar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari” kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.