16.02.2023 957

2022-2023-o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

Abituriyentlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining t.me/uwed_official rasmiy telegram kanali orqali bilib olishlari mumkin.

Diqqat! 

70420103 - Xalqaro huquq (sohalar bo‘yicha), 70420109 - Xalqaro biznes huquqi yoʻnalishlariga tavsiya etilgan talabgorlar U.A.Yakubxodjayevga (A bino 314-xona) hamda 70310701 - Amaliy siyosatshunoslik yoʻnalishiga tavsiya etilgan talabgorlar Sh.D.Arapovga (A bino 203-xona) yoki +99871 267-39-50 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Qoʻshimcha ma’lumot olish uchun JIDU qabul komissiyasi mas’ul kotibi F.A.Maxmudovga (A bino 409 xona) +99871 267-05-88 murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, dars mashgʻulotlari joriy yilning 20-fevral kuni soat 16:00 dan boshlanadi.

2022-2023-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari