Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
16.02.2023 749
Joriy yilning 15-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Solihovich Safoyev Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili Matias Lyuttenbergni qabul qildi.
Unda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, parlamentlararo aloqalar, rejalashtirilgan ishlarning amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.
Oliy Majlis Senati Axborot xizmati