10.02.2023 832

Joriy yilning 9-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida NIPPON FOUNDATION (Yaponiya) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) o‘rtasida badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan bepul ta’minlash bo‘yicha onlayn tarzda shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori S.Safoyev uchrashuv ishtirokchilarini qutlar ekan, Yaponiya ilmiy jamiyati raisi Takahashi hamda NIPPON FOUNDATION prezidenti Takeju Ogatagaga JIDU bilan olib borayotgan faol hamkorlik uchun chuqur minnatdorchiligini bildirdi. Shu jumladan, JIDU kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolanilishi kitobxonlar talabiga javob beradigan sifatli kitob fondini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

So‘ngra Yaponiya ilmiy jamiyati raisi Masayuki Takahashi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikka umid bog‘lab, “Kitob tuhfasi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va do‘stlikni chuqurlashtirish uchun ajoyib imkoniyat”, - deb qayd etdi.

NIPPON FOUNDATION prezidenti Takeju Ogata, o‘z navbatida, JIDU bilan ta’lim va inson taraqqiyotiga yo‘naltirilgan ikki tomonlama hamkorlikka umidvorligini bildirdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida fan va ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish ikki davlat o‘rtasidagi fan, madaniy-gumanitar va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.