16.01.2023 527

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

JIDU prorektori Odil Yusufjonov tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Bayram marosimi teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari hamda konsert dasturlari bilan yanada qizgʻin kechdi. Vatanni madh etuvchi va dillarga bayramona kayfiyat ulashuvchi kuy-qoʻshiqlar esa tadbirning koʻtarinki ruhda oʻtishini taʼminladi.