08.02.2017 30135

2017 yil  7 fevral  kuni  Universitetda o'zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan “Alisher Navoiy merosi  - millat xazinasi” deb nomlangan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda JIDU bitiruvchisi, siyosatshunos Sardor Usmonov universitet talabalari va professor-o'qituvchilar  ishtirok etdilar. Sardor Usmonov o'z ma'ruzasida zamonaviy rahbar imidji haqida nutq so'zladi, Alisher Navoiy o'z vaqtida Astrobod hokimi bo'lib ishlagan davrdagi rahbarligi xususida taqdimot namoyish etildi va uning imidji haqida gapirildi.

So'ng  talabalar o'rtasida  “G’azal sharhi” nomli Navoiy bilimdonlari tanlovi o'tkazildi.