19.12.2022 1432

2022-yil 19-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kitoblari 22 tilga tarjima qilingan butun dunyo bo'ylab keng o'qilgan ispan yozuvchisi Xavyer Moro bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ispaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Xavyer Moro Senderos de Libertad, Budda tog'lari, Bhopalda Yarim Tundan Besh O'tib kabi kitoblarida ijtimoiy va atrof-muhit masalalari hamda Ehtirosli Hindiston va Qizil Sarida esa Hindiston haqida keng yozgan. Moroning 2015-tilda yozilga A Flor de piel asari pandemiya davrida katta muvaffaqiyatga erishdi. 2011-yilda, Moro Braziliya imperatori Pedro I haqida haqida yozilgan "El imperio eres tú" kitobi uchun Ispaniya adabiyotida eng nufuzli mukofoti “Premio Planeta”ga sazovor deb topiladi.

Shuningdek, mazkur yig’ilishda Ispaniyaning O’zbekistondagi vakili Gonsalo Furniyer, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboev, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi bosh muharriri Salim Ashur va xalq shoiri Muhammad Ali kabi boshqa faxriy mehmonlar va ilm-ma’rifat nomoyondalari ham ishtirok etdilar. Shu bilan bir qatorda, JIDU o’qituvchisi Xilola Ro'zieva o'zining ispan tiliga tarjima qilingan o'zbek milliy ertaklariga oid kitobini ham taqdim etdi.

Uchrashuv davomida faxriy ishtirokchilar madaniyat va ta'lim sohasidagi O'zbekiston-Ispaniya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari haqida so'z yuritdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar.