16.12.2022 1348

2022 yil 15-dekabr kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi «Campus France» agentligi vakili, Texnik hamkorlik bo‘yicha koordinator Ciprien Lerua Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.

Campus France - Fransiya oliy ta’limini xorijda targ‘ib etish bo‘yicha davlat agentligi.

JIDU talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ciprien Lerua Fransiya universitetlaridagi oliy ta’lim dasturlari, o‘qishga qabul qilish tartibi, stipendiyalar vizalar turlari va ularni olish tartiblari haqida gapirib berdi.