Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari (American Councils for International Education) Prezidenti, doktor David Patton tashrif buyurdi
14.12.2022 1149
Joriy yilning 7-dekabr kuni “American Councils for International Education” prezidenti va direktori David Patton Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda American Councils Uzbekistan direktori William O‘Roark va ESN program direktori Dinara Seytnazarova qatnashdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar akademik hamda talabalar almashinuvi hamda qisqa muddatli kurslar tashkil qilishni muhokama qilishdi. JIDUda ingliz tilini chuqurlashtirish va “American studies” bo‘yicha ham fikrlar almashinildi.
Ma’lumot o‘rnida O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari (American Councils) quyidagi loyihalarni taqdim qiladi:
O‘zbekistondagi “Amerikaga darcha” dasturi
Ingliz tilida so‘zlashadigan millat: o‘rta maktab o‘qituvchilari malakasini oshirish dasturi
Ingliz tilida so‘zlashadigan millat: murabbiylar dasturi
AQSh - Markaziy Osiyo Ta’lim Jamg‘armasi
Kelajak liderlar almashinuvi dasturi
O‘qituvchilarining malakasini oshirish dasturi
Yosh mutaxassislar uchun amalyot dasturi
Ochiq Dunyo yetakchilik dasturi
Markaziy Osiyo universitetlari hamkorlik dasturi
O‘zbekiston biznes yetakchilari dasturi