27.11.2022 956

Joriy yilning 25-noyabr kuni “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari boʻyicha ilgʻor tajriba markazi” loyihasi doirasida “Xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va Oʻzbekiston milliy huquqining dolzarb muammolari: kesishma nuqtalari va oʻzaro taʼsir istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent Davlat Transport Universitetidan vakillar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi davomida Yangi Oʻzbekistonda islohotlar jarayonida Oliy taʼlim tizimida xalqaro huquq, xalqaro transport huquqi sohasiga tatbiq qilinishiga bogʻliq tendensiyalar, transformatsiyalar va ilmiy izlanishlar, tamoyillar, xalqaro reytinglar hamda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida turli sohalardagi hamkorlikning huquqiy masalalari va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.