02.02.2017 30287

2017 yil 30 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar turar joyida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning serqirra hayot yo'li va boy merosiga bag'ishlangan xotira kechasi o'tkazildi. Kechada talabalar va o'qituvchilar tomonidan istiqlol me'mori, zamonamizning ulug' siyosatchisi, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga ulkan hissa qo'shgan Islom Karimov haqida iliq so'zlar aytildi. Buyuk ustozimizning siyosiy merosi, ular belgilab bergan taraqqiyotimizning asosiy tamoyillari, ustuvor yo'nalishlari, maqsad va vazifalarni so'zsiz va to'liq amalga oshirish – biz uchun ham qarz, ham farz ekanligi e'tirof etildi. Kecha ishtirokchilari Birinchi Prezidentimiz doimo xalqimiz qalbida, yurtimiz tarixida, barcha yoshlar va murabbiylar xotirasida mangu saqlanib qolishi ta'kidlab o'tildi.