JIDU “Axborot-targ’ibot” guruhi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlari to'g’risida
05.12.2015 37577
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Axborot-targ’ibot” guruhi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy–huquqiy islohotlarning umumiy mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ’ib qilish, aholining huquqiy ongini va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlash, ta'lim muassasalari o'quvchi va talabalarining ma'naviy va huquqiy bilim darajasini oshirishga yo'naltirilgan huquqiy targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahridagi turli mahallalar, korxona-tashkilotlar, akademik litsey va kollejlar hamda maktablarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida turkum tadbirlar (ma'ruza, davra suhbati, munozara) o'tkazildi va targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ayni paytda targ’ibot–tashviqot ishlarini olib borish davom etmoqda.