Ispaniyaning Oʻzbekistondagi faxriy Konsuli Karlos Martines Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
05.11.2022 1437
Joriy yilning 4-noyabr kuni JIDU anjumanlar zalida Ispaniyaning Oʻzbekistondagi faxriy Konsuli Karlos Martines va ispaniyalik tadbirkor Oskar Lombera bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvga JIDU ispan tilini ikkinchi xorijiy til sifatida oʻrganuvchi talabalar taklif etildi.
Tadbir davomida janob Martines Ispaniya va ispanlar haqidagi stereotiplar, chet tillarini oʻrganishda vizual, kinesik, emotsional intellektning ahamiyati va oʻrni haqida soʻzladi.
Shu oʻrinda, talabalar Ispaniyadagi siyosiy -iqtisodiy jarayonlar, ularning huquqiy asoslari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Suhbat yakunida janob Konsul bunday uchrashuvlarni tez-tez uyushtirib turish za'rurligini, JIDU talabalari bilan fikr almashishdan mamnun ekanini taʼkidladi.