02.11.2022 2134

Joriy yilning 2-noyabr Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyev Turon bank ATB boshqaruv raisi  Ch.S.Mirzayevni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida rektor Safoyev Mirzayevga bank tomonidan JIDUning  9 ta  talabaning o‘quv-kontrakt to‘lovini amalga oshirib berilgani uchun o‘z minnatdorchiligi bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qaroriga muvofiq, universitet va bankning o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yilishi va memorandum imzolanishi kelasi hamkorlikka muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur hamkorlik bank va uning hududiy bo‘linmalarida talabalar amaliyotini tashkil etish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga yuqori kurs talabalarni ishga qabul qilish choralarini ko‘rish maqsadini ham o‘z ichiga oladi.

Tadbir so‘ngida talabalarga sertifikatlar topshirildi hamda muhim savollarga javob olindi.