02.11.2022 1990

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Germaniya Federativ Respublikasi Buntestag a’zolarini qabul qildi.

“Oʻzbekistonning tashqi siyosatdagi faoliyatida Germaniya bilan mustahkamlanadigan munosabatlar oʻta ahamiyatli. Shu jumladan, Yevropa ittifoqi, Yevropa Parlamenti va YXHT bilan aloqalarimizda Germaniya chin ma’noda mustahkam koʻprik vazifani bajaradi. Germaniya misolida va tajribasida biz koʻplab sohalarimizni yangiladik va reformatsiya oʻtkazmoqdamiz” - dedi S.Safoyev.

Bundan tashqari, universitetimizda nemis tili va an’analarini chuqurlashtirib oʻrgatish chora-tadbirlari qoʻllanishilishi ta’kidlandi.

Oʻzaro tushunish, muzokara oʻtkazish va an’anlarni hurmat qilish koʻp muammolarning yechimi boʻlishi va hamkorlikning boshlanishi mumkin. JIDU esa akademik jihatdan hamkorlikka tayyorligini bildirdi.