2022-yil 6-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashining yettinchi yig`ilishi doirasida tashkil etilgan “Oliy ta`lim tizimi rivojlanishining zamonaviy yo`nalishlari/trendlari: muhim maqsad va chaqiriqlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar to`g`risida ma`lumotnoma
17.10.2022 1570
2022-yil 6-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashining faoliyati doirasida “Oliy ta`lim tizimi rivojlanishining zamonaviy yo`nalishlari/trendlari: muhim maqsad va chaqiriqlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o`tkazildi.
Metodologik kengash yig`ilishini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Birinchi o`rinbosari va JIDU Rektori, Metodologik Kengashning Raisi S.S. Safoyev boshlab berdi.
Metodologik kengash yig`ilishining asosiy qismi doirasida ilmiy seminarda JIDU rahbariyati va professor-o`qituvchilari oldida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari Karimov K.X., TDShU professori, Oliy ta`limni isloh qilish bo`yicha milliy eksperti («EACEA/Erasmus+» dasturi) Kosimova N.A. so`zga chiqdilar.
Karimov K.X. o`z nutqida oliy ta`limda global tendensiyalar mavzusiga to`xtalib, oliy ta`lim rivojlanishida bir necha muhim yo`nalishlar/trendlarni va ular bilan bog`liq bo`lgan omillarni belgilab berdi, jumladan, (i) “akademik inqilob”, (ii) oily ta`limning globallashuvi, (iii) oily ta`limning “xalqarolashuvi”, (iv) “xalqaro miqyosdagi universitetlar”ning yaratilishi, (v) malakalar va ta`lim dasturlarni universallashtirish, (vi) akademik mobillik, (vii) oliy ta`limning universal qamrov imkoniyati, (viii) ta`limning tijoratlashtirilishi, (ix) ta`lim jarayonida “gibrid” (aralash) yondashuvlarning rivojlanishi, (x) zarur ko` nikmalarga bo`lgan yangi talab va ehtiyojlar, (xi) ta`lim tizimida AKT va yangi texnologiyalarning qo`llanilishi (global Ed-Tech), va boshqalar. O`z navbatida Kosimova N.A. talabaga yo`naltirilgan ta`limning zamonaviy konsepsiyasi mohiyati, undagi yondashuvlarga, “ta`lim – tadqiqot – innovatsiya”lar kabi elementlarning o`zaro bog`liqligiga, oliy ta`lim muassasalarida strategik rejalashtirish zarurati va muhimligiga, uning vazifalari va yo`nalishlariga, va bu kabi boshqa dolzarb bo`lgan masalalarga katta ahamiyat qaratdi.
Ilmiy-amaliy seminarning yakuniy qismida savol-javoblar doirasida tadbir ishtirokchilari mutaxassislarga qiziqtirgan dolzarb savollar bilan murojaat etdilar, muhokama etilayotgan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.
JIDU MK mas`ul kotibi
“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti
s.f.n. Muminova N.Ya.