17.10.2022 1656

Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida viktorina oʻtkazildi.

Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston-Germaniya doʻstlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi. 

Tanlov 4 bosqichda boʻlib, talabalar oʻzbek va nemis alifbosi boʻyicha soʻz topish, savol-javob, ikki mamlakat madaniyatini aks ettiruvchi ijodkorlik chiqishlarini hamda Oʻzbekiston-Germaniya aloqalri bo’yicha taqdimot ishlarini namoyish etishdi.

Bundan maqsad oʻzaro doʻstlik aloqalarini mustahkamlash hamda nemis tilidagi bilimlarni sayqallashni nazarda tutadi.

Viktorina natijalariga koʻra, birinchi oʻrin Oʻzbekiston Milliy universitetiga, ikkinchi oʻrin Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga, uchinchi oʻrin Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalariga nasib etdi.

Ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.