31.01.2017 28266

2017 yil 30 yanvar kuni 49348- sonli Harbiy qismda harbiy qism shaxsiy tarkibi hamda jamoat tashkilotlari vakillari o'rtasida tashkil qilingan O'zbekiston Republikasi Birinchi Prezidenti, buyuk siyosatchi va davlat arbobi Islom Abdug'anievich Karimovning 30 yanvar tavallud topgan kuni munosabati bilan “Islom Abdug'anievich Karimov - O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining asoschisi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Shamsieva Iroda Maxmudovna ishtirok etdilar. Ular yig'ilish qatnashchilariga Islom Abdug'anievich Karimovning O'zbekiston Respublikasini mustaqillikka olib chiqib o'zbek xalqini dunyo miqyosida hech kimdan kam emasligini isbot qilish bilan birga o'zidan ozod va obod vatan qoldirib, o'z jonini vataniga fido qilgan buyuk siyosatchi, davlat arbobibining qahramonliklari, davlat ravnaqi yo'lida u kishi qilgan beqiyos ishlari yuzasidan yig'ilish ishtirokchilariga qiziqarli ma'ruza qilib atroflicha buyuk yo'lboshchi hayoti haqida ma'lumotlar berib o'tdi.

 Uchrashuvda o'z nutqlari bilan “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti talabalari B.Xaydarov, Sh.Abdullaev va X.Xamidovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Birinchi Prezidentimiz haqida videoroliklar namoyish etildi.