10.10.2022 2111

Qozog‘istondagi NarXoz universiteti o‘rtasidagi kelishuv asosida professor-o‘qituvchilar almashinuvi doirasida JIDU Siyosatshunoslik kafedrasi mudiri, professor Faridun Sattarov NarXoz universitetida “Politics of technology” mavzusida ma’ruza o‘qidi. 

Qozog‘istondagi NarXoz universiteti va JIDU o‘rtasidagi kelishuvda nazarda tutilgan professor-o‘qituvchilar almashinuvi doirasida JIDU “Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri, professor Faridun Sattarov NarXoz universitetining Xalqaro munosabatlar maktabi talabalari va professor-o‘qituvchilariga “Texnologiyalar siyosati“ (Politics of technology) mavzusida ma’ruza o‘tib berdi.

O‘z ma’ruzasi doirasida, professor Sattarov hozirgi zamonda muhim ahamiyat kasb etgan yangi texnologiyalarning siyosiy jarayonlardagi rolini oydinlashtirib berdilar. Ma’ruza qiziqarli bo‘lib, savol va javoblarga boy bo‘ldi.