05.10.2022 1829

2022-yil 3-oktabr kuni  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-kurs  talabalari tomonidan 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar  kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi

Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Bayram tadbirining badiiy qismida JIDU talabalari tomonidan bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar va turli sahna ko'rinishlari ijro etildi.