Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi yuridik klinikada Xalqaro huquq fakulteti talabalarini klinisistlar safiga qabul qilishning 23-mavsumi ochilishi boʻlib oʻtdi
05.10.2022 1520
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi yuridik klinikada xalqaro huquq fakulteti talabalarini klinisistlar safiga qabul qilishning 23-mavsumi ochilishi bo'lib o'tdi. 40 ga yaqin faol va intiluvchan talabalar tanlab olindi va jamoaning yangi a'zolari bo'lishdi.
Dastlabki kirish amaliy mashg'ulotlari 29-30 sentyabr kunlari o'tkazildi. O'qituvchilar talabalarga klinikaning yaratilish va rivojlanish tarixi, faoliyati, o'qitish usullari, maqsadlari va yutuqlari to'g'risida ma'lumot berishdi. Trening davomida talabalar advokatlarning kasbiy etikasi, mijozlar bilan aloqa psixologiyasi, intervyu va konsalting, yuridik texnika va boshqalarni o'z ichiga olgan klinik ta'lim dasturi bilan tanishdilar.
Talabalarga resurs markazi, kutubxona, sud zali, direktorlarning qabulidan iborat klinikaga ekskursiya uyushtirildi, shuningdek, barcha binolarning qurilish va jihozlanish tarixi haqida so'zlab berildi.
Yuridik klinika yuqori malakali xodimlarning dargohi bo'lib, talabalarning rejalari va g'oyalarini amalga oshirish uchun noyob sharoitlarni yaratadi, advokatning kasbiy mahoratini oshirish, huquqning turli sohalarida tadqiqotlar o'tkazish, xalqaro huquqiy tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Yuridik klinika yangi klinisistlar4nlarni tabriklaydi va amaliy ko'nikmalarni egallashda omad tilab qoladi!!