03.10.2022 1369

Xalqaro munosabatlat fakulteti 4-bosqich talabasi Fazliddin Djamalov Markaziy Osiyoda Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR CA) ko‘magida 26-sentyabr – 1-oktyabr mobaynida Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan CABAR.asia V analitik maktabida ishtirok etdi.

CABAR.asia – Markaziy Osiyodagi turli muammolar va tendentsiyalarni tahlil qilish muntazam ravishda taqdim etiladigan mintaqaviy tahliliy platforma bo‘lib, tahlil maktablari doirasida tahlilchilarning kelajak avlodini tayyorlaydi. 

Ushbu maktab Markaziy Osiyo mintaqasi masalalari bo‘yicha tahliliy hujjatlar yozishda turli tendentsiyalar va tor yo‘nalishadagi mavzulariga to‘xtalib o‘tdi. V analitik maktabining ishtirokchilari Markaziy Osiyoning 5 mintaqasini namoyish etdilar.

Treninglar doirasida Qozog'iston, Qirg‘iziston, Gruziya, Norvegiya va Rossiya mamlakatlaridan taniqli ekspertlar va mutaxassislar ma’ruza qildilar.

Ma'lumot uchun: analitik hisobot uchun Markaziy Osiyo byurosi (CABAR.asia) - Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy tahliliy, axborot va ta'lim platformasi. Uning ustuvor vazifasi ekspert va jurnalistik tahlillarni rivojlantirish, yangi ommaviy axborot vositalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish, mintaqa mamlakatlaridagi keng ijtimoiy jarayonlarni tahliliy qo‘llab-quvvatlashdir.