PROFESSOR MAARTEN SMEETS TOMONIDAN JST HUQUQI BO‘YICHA SAVDO MUZOKARALARI VA MUZOKARALAR TEXNIKASI XUSUSIDA TRENING O‘TKAZILDI
01.10.2022 1359
2022-yilning 19-23-sentabr kunlari niderlandiyalik professor Martin Smits (Maarten Smeets) JST doirasida muzokaralar olib borish san’ati to‘g‘risida JIDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalariga trening o‘tkazdi. Ushbu interfaol mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish istoqbollari va bu borada muzokaralar olib boorish texnikasi haqida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish imkoniga ega bo‘lishdi.
Maarten Smeets Jahon Savdo Institutining (WTI) norezident ilmiy xodimi, Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetining mehmon professori (UIBE, Pekin, Xitoy), Shanxay Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetining (SUIBE) yordamchi professori va Niderlandiya xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi, Globallashuv va xalqaro tartibga solish instituti (Maastrixt universiteti, Niderlandiya) va Salzburg seminari (Avstriya) aʼzosi hisoblanadi.
U Jahon Savdo Tashkilotida (Jeneva, Shveytsariya) JST kafedralari dasturini (WCP) boshqargan, dunyoning turli burchaklaridan kelgan yetakchi olimlar va tahlil markazlari bilan hamkorlik qilgan. Martin, shuningdek, JSTning Kadrlar tayyorlash va texnik hamkorlik institutida (ITTC) xalqaro savdo bo‘yicha salohiyatni oshirish dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limni boshqargan.
Professor dolzarb savdo muammolari (raqamli savdo, inklyuziv oʻsish, globallashuv, sanksiyalar, JSTga aʼzo boʻlish, tarkibiy islohotlar, rivojlanayotgan mamlakatlar) boʻyicha bir qator ilmiy maqolalar va kitoblar muallifidir. JSTda faoliyat boshlashdan oldin u Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Iqtisodiy ishlar vazirligida faoliyat olib borgan.