28.09.2022 1382

28-30-sentabr kunlari Sukuba shahrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston va  Yaponiya  universitetlari rektorlarining  To‘rtinchi forumi”da ishtirok etmoqda.

Mazkur forumda - 40 ga yaqin Yaponiya universitetlari ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekistondan 18 ta universitet rektorlari shu munosabat bilan Tsukubaga tashrif buyurishgan. Universitetimiz Rektori Sodiq Safoyev forumni ilk kunini ochib berishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlarining To‘rtinchi forumi kun tartibiga muvofiq yosh olimlar va tadqiqotchilar uchrashuvi hamda yapon talabalari va Yaponiyada tahsil olayotgan O'zbekiston talabalari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari akademik va ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli stajirovka o'tash masalalari ko‘rib chiqiladi va hamkorlik shartnomalarini imzolash, oliy ta'lim sohasiga investitsiya jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi.

Yakunida O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta'lim muassasalari rektorlari To‘rtinchi forumi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalari shakllantiriladi.

Ta‘kidlash joizki, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati doirasida bo‘lib o‘tmoqda.