25.09.2022 1272

2022-yil 23-sentabr Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etilganining 30 yilligi kuni JIDU Talabalar Kengashi (UWED Students’ Council) tarkibi talabalarga taqdim etildi.

Mazkur Kengash o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida talabalar va universitet ma’muriyati o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

Talabalarning barcha loyiha va tashabbuslari Kengash nazorati ostiga olinadi, bu esa o‘z navbatida talabalarga keng ko‘lamli yangi imkoniyatlar, jumladan,

ilmiy maqolalar yozish va nashr etishda yordam berish;

chet tillarini o‘zlashtirishga ko‘maklashish;

loyihalarni amalga oshirish;

xalqaro forum va konferensiyalarda volontyor sifatida ishtirok etish;

davlat idoralarida amaliyot o‘tash va boshqalar.

E’tibor bering, endilikda talabalarimiz bilan bog‘liq barcha yangiliklar va materiallar Talabalar Kengashining rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.