22.09.2022 1109

2022-yil 19-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Ben Gurion universiteti (Isroil) professori Nurit Zaydman tashrif buyurdi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekistonning Isroil davlatidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi..

Professor N.Zaydman Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun “Xalqaro kommunikatsiyalar va menejment asoslari” mavzusida ma’ruza o‘qidi va bu ma’ruza davomida xalqaro jarayonlarni samarali boshqarishda kommunikatsiyalarning o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mehmon, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va doktorantlar bilan uchrashdi, ilmiy tadqiqot rejalari va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.