21.09.2022 1381

“Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Sultonova Gavxar Karimovna 2022-yil 1-iyuldan 9-avgustgacha AQSh Davlat departamentining Ta'lim va madaniyat masalalari byurosi (ECA) homiylik qilgan va Ta'lim va taraqqiyot instituti (ITD) mezbonlik qilgan SUSI for Scholars dasturi bo‘yicha AQShda tahsil oldi. SUSI for Scholars intensiv oʻquv dasturi boʻlib, u xorijiy universitetlarning professor-oʻqituvchilariga Amerika jamiyati, madaniyati, qadriyatlari va institutlari haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish imkoniyatini beradi. Darsturning maqsadi – uning istirokchilari olgan bilimlarini o’z ta'lim muassasalarida oʻquv dasturlarini yaxshilash va AQSh iqtisodiyoti va bisnes muhitini qamrab oluvchi o’quv kurslarni o’qitish sifatini oshirishda qoʻllashlari.

Boston, Nyu-York va Vashingtonda bo‘lib o‘tgan dasturda 15 davlatdan o‘qituvchilar ishtirok etdi. Dastur Amerikaning yetakchi universitetlari professorlarining AQSH iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional rivojlanishining turli jihatlariga bagʻishlangan akademik sessiyalaridan iborat edi. Dastur shuningdek, tarixiy obidalar, muzeylar, kutubxonalarni ziyorat qilish, kit tomosha qilish, rafting, fabrikaga tashrif buyurish, Brodvey shousini ko’rish kabi qiziqarli madaniy tadbirlarga boy bo‘ldi. Bundan tashqari ishtirokchilar, Garvard, MIT va Kolumbiya universiteti kabi eng etakchi ta’lim muassasalaridagi sessiyalarda, hamda, AQSh Kongressi va Xalqaro Valyuta Jamg'armasidagi uchrashuvlarda qatnashish imkoniyatga ega bo'ldilar.

Dastur doirasida ITD tomonidan simpozium tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, ilmiy qiziqishlarini bayon etdilar va keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Bundan tashqari, har bir ishtirokchiga AQSH akademik yoki biznes sohasidan mentor tayinlangan boʻlib, muntazam uchrashuvlar davomida ular bilan tajriba almashildi va kelgusi hamkorlik boʻyicha yo’nalishlar belgilandi.

Dasturda ishtirok etish AQSh iqtisodiyoti, biznesi, siyosiy tizimi, madaniyati va qadriyatlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bolish, shuningdek, samarali akademik hamkorlik uchun AQSh va boshqa xorijiy mamlakatlar professorlari bilan ijtimoiy tarmoq yaratish imkonini berdi.